Mansurxon Nurmatov Olib ketay qo’shiq matni

Qo’shiq matni Mansurxon Nurmatov Olib ketay

(Uzoqlarga olib ketay,
Xo’p deyaqol, asal bolim,
Uzoqlarga olib ketay.)

Vasling deya, jonim mayli,
Malomatga qolib ketay.
Agar ko’nsang seni layli,
Uzoqlarga olib ketay. (x2)

Nozlar etma dilda borim,
Hijroningdan yomon holim,
Xo’p deyaqol, asal bolim,
Uzoqlarga olib ketay.

Xo’p deyaqol, asal bolim,
Uzoqlarga olib ketay,
Oh, uzoqlarga olib ketay.

Senla hayot, bog’lar so’lim,
Qayga cho’zsam yetar qo’lim,
Ko’nsang agar seni gulim,
Uzoqlarga olib ketay.

Qolmas edi dilda armon,
Yuragimda shubha-gumon,
Rozi bo’lsang, qoshi kamon,
Uzoqlarga olib ketay.

Rozi bo’lsang, qoshi kamon,
Uzoqlarga olib ketay,
Oh, uzoqlarga olib ketay.

Qalbim dardga to’liq, erkam,
Ko’nglim mani siniq, erkam, (x2)
Endi menga ko’nik, erkam,
Uzoqlarga olib ketay. (x2)

Nozlar etma dilda borim,
Hijroningdan yomon holim,
Xo’p deyaqol, asal bolim,
Uzoqlarga olib ketay.

Xo’p deyaqol, asal bolim,
Uzoqlarga olib ketay,
Oh, uzoqlarga olib ketay.

Vasling deya, jonim mayli,
Malomatga qolib ketay.
Agar ko’nsang seni layli,
Uzoqlarga olib ketay. (x2)
Uzoqlarga olib ketay.

Mansurxon Nurmatov Olib ketay qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu Mansurxon Nurmatov Olib ketay qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!