Mansurxon Nurmatov Qaniydi qo’shiq matni

Qo’shiq matni Mansurxon Nurmatov Qaniydi

Shirin boqqan ko’zimga,
Aytgan so’zimga,
Boqib birdan o’zimga,
Xumor bo’lsang qaniydi.

Ishqda kuyib nogahon,
Tor bo’lsayu keng jahon,
Meni o’ylab, ey janon,
Bemor bo’lsang qaniydi.

Bedor bo’lsang qaniydi,
Xumor bo’lsang qaniydi,
Hech bo’lmasa bo’ynimda
Tumor bo’lsang qaniydi.

Visolimga yetolmay,
Qo’llarimdan tutolmay,
Tuni bilan yotolmay,
Bedor bo’lsang qaniydi.

Tushimdamas o’ngimda,
Ko’nglimdamas qo’ynimda,
Hech bo’lmasa bo’ynimda
Tumor bo’lsang qaniydi.

Bedor bo’lsang qaniydi,
Xumor bo’lsang qaniydi,
Hech bo’lmasa bo’ynimda
Tumor bo’lsang qaniydi.

Yuragimga joylardim,
Har kun yo’ling poylardim,
Oh, seni sotib olardim,
Anor bo’lsang qaniydi.

Isming aytib kuylardim,
Tongni tongga ulardim,
Xohlaganda chalardim,
Dutor bo’lsang qaniydi.
Dutor bo’lsang qaniydi.

Bedor bo’lsang qaniydi,
Xumor bo’lsang qaniydi,
Hech bo’lmasa bo’ynimda
Tumor bo’lsang qaniydi.
Bemor bo’lsang qaniydi menga.

Bedor bo’lsang qaniydi,
Xumor bo’lsang qaniydi,
Hech bo’lmasa bo’ynimda
Tumor bo’lsang qaniydi. (x2)

Mansurxon Nurmatov Qaniydi qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu Mansurxon Nurmatov Qaniydi qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!