Manzura Asra baxtimizni qo’shiq matni

Qo’shiq matni Manzura Asra baxtimizni

O’zgani bilmay,
Men seni sevay,
Muhabbating tobora ortsin,
Umrim sayin.
Mehringni sezay,
Ko’nglingni uzmay,
Asra baxtimizni.

Niyatlari xolis,
Yulduzlardek olis,
So’rardik baxtimiz,
Tun aro, kun aro.
Kim bilar edi, kim?
Ikki yurak yarmi
Taqdir o’zaro.

Bu zaminu samo
Bizlarga mahliyo.
Go’yo go’zal baxtga
Burkandi bu dunyo.
Nur tarataverar bu dunyo,
Bu dunyo (bu dunyo).

O’zgani bilmay,
Men seni sevay,
Muhabbating tobora ortsin,
Umrim sayin.
Mehringni sezay,
Ko’nglingni uzmay,
Asra baxtimizni.

Gar bo’lsam yonma-yon
Yuragimda orom,
Baxtliman begumon,
Sen uchun, men uchun.
Senga beg’uborim,
Ko’nglim, ixtiyorim
Topshirmay nechun?

Bu zaminu samo
Bizlarga mahliyo.
Go’yo go’zal baxtga
Burkandi bu dunyo.
Nur tarataverar bu dunyo,
Bu dunyo (bu dunyo).

O’zgani demay,
Men seni sevay,
Muhabbating tobora ortsin,
Umrim sayin.
Mehringni sezay,
Ko’nglingni uzmay,
Asra baxtimizni. (x2)

Manzura Asra baxtimizni qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu Manzura Asra baxtimizni qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!