Manzura Men bu Men qo’shiq matni

Qo’shiq matni Manzura Men bu Men

[Rayhon]
Toki kimda iymon bor
O’zga haqqidan etar or,
Sabr etish darkor,
Demagin so’zlaring bekor.

[Manzura]
Dunyoga solgin nazar,
Kim afsuslanar, kim aldar,
Yomonlarda yurak yo’qmi,
Asli kimman, kim aytar?

[Rayhon]
Iymonu nafs kurashadi har dam,
[Manzura]
Sabru havas kurashadi har dam,
Kimda qay biri g’olib bo’ladi
O’zidan, o’zidan?
[Manzura]
Nega ko’z yosh, kulgu yonma-yonda,
[Rayhon]
Nega baxt va qayg’u yonma-yonda?
Nega qalbimiz yonib sevadi,
Kim javob berar, ayt?

[Manzura]
Gohida inson uchun
Sevgidan zebu zar ustun,
Unda sevishar nechun,
Hammada bor yurak tushun!

[Rayhon]
Bo’ysunmay ko’z to’kar yosh,
Nafsga gar iymon egsa bosh,
[Manzura]
Yaxshisi bo’lgin bag’ritosh,
Bera olmayman bardosh!

[Rayhon]
Iymonu nafs kurashadi har dam,
[Manzura]
Sabru havas kurashadi har dam,
Kimda qay biri g’olib bo’ladi
O’zidan, o’zidan?
[Manzura]
Nega ko’z yosh, kulgu yonma-yonda,
[Rayhon]
Nega baxt va qayg’u yonma-yonda?
Nega qalbimiz yonib sevadi,
Kim javob berar, ayt?

(Men kimman, kimman?
Men kimman, kimman?
Men, men kimman,
Unutma men bu – men
Sen unutman men bu – men)

[Rayhon]
Nimani olsang olavergin,
Lekin baxtim o’g’irlama hayot.
[Manzura]
Yaxshilik va yomonlik bahsi, eey,
Etaveradi davom, aylanar toki dunyo.

[Rayhon]
Iymonu nafs kurashadi har dam,
[Manzura]
Sabru havas kurashadi har dam,
Kimda qay biri g’olib bo’ladi
O’zidan, o’zidan?
[Manzura]
Nega ko’z yosh, kulgu yonma-yonda,
[Rayhon]
Nega baxt va qayg’u yonma-yonda?
Nega qalbimiz yonib sevadi,
Kim javob berar, ayt? (x2)

Manzura Men bu Men qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu Manzura Men bu Men qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!