Manzura Meni nolam qo’shiq matni

Qo’shiq matni Manzura Meni nolam

Orzular, xayollar,
Dil to’la savollar,
Har tirik jon so’zi,
Bu dunyo nima o’zi?

Bo’lsaydim bir odam,
Insonlardek men ham.
Menga ber bir umr,
Uni baxt bilan to’ldir.

Meni nolam, meni nolam,
Yetsa edi osmonga.
Meni nolam, meni nolam –
Aylansam oddiy insonga. (x2)

Tuyg’ularga to’la,
Ammo tosh yuragim.
Hammadayin bo’lay,
Faqat shudir istagim.

Yashayman kulolmay,
Yurakdan yig’lolmay,
Menga ber bir umr,
Uni baxt bilan to’ldir.

Meni nolam, meni nolam,
Yetsa edi osmonga.
Meni nolam, meni nolam –
Aylansam oddiy insonga. (x4)

 Manzura Meni nolam qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu Manzura Meni nolam qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!