Manzura Soxta tuyg’u qo’shiq matni

Qo’shiq matni Manzura Soxta tuyg’u

Soxta tuyg’uga mahbus bo’lma,
Unut sarob singari,
Baxting u emas, afsus qilma,
Intil sof sevgi sari!

Ertayu kech joni halak,
Yonma yon, girdi kapalak,
Yuragida yolg’iz istak,
Sen faqat, sen faqat.
Har kuni o’zgaga xushtor,
Niyati ko’zida oshkor,
Qalbida bo’lmagan zinhor
Muhabbat, muhabbat!

O-o-h! Yolg’onga yor bo’lma, bo’lmagin-ey!
O-o-h! Sen unutgin uni, unutgin-ey!
E-e-y! Mehrini bor dema, demagin-ey!
O-o-u! Sevgisini sina, sinagin-ey!

Soxta tuyg’uga mahbus bo’lma,
Unut sarob singari,
Baxting u emas, afsus qilma,
Intil sof sevgi sari!

Bu chiroyli guldastalar,
Osmon qadar va`dalar
Takror dilni yaralar,
Yanada, yanada!
Ba`zan adashar inson,
Voz kechgin undan oson,
Taqdir boqadi, ishon,
Har damda, har damda.

O-o-h! Yolg’onga yor bo’lma, bo’lmagin-ey!
O-o-h! Sen unutgin uni, unutgin-ey!
E-e-y! Mehrini bor dema, demagin-ey!
O-o-u! Sevgisini sina, sinagin-ey!

Soxta tuyg’uga mahbus bo’lma,
Unut sarob singari,
Baxting u emas, afsus qilma,
Intil sof sevgi sari!

Soxta tuyg’uga mahbus bo’lma,
Unut sarob singari,
Baxting u emas, afsus qilma,
Intil sof sevgi sari!

Manzura Soxta tuyg’u qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu Manzura Soxta tuyg’u qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!