Markaz guruhi Ayol qo’shiq matni

Qo’shiq matni Markaz guruhi Ayol

Afu eting beray sizga bir savol,
Javob bering go’zal kelmasa malol:
Ishonasizmi bir bor ko’rishda
Kinolardek sevib qolishga?

Yoshi mendan olisda nafis ayol,
Kechalari siz tomon ketsa hayol,
O’ylanaman necha-necha bor
Yaxshi emas qilmayman inkor.

Uni deya ozaman aqlimdan,
Uni deya oshaman haddimdan,
Uni deya, faqat uni dastidan.

Tengsiz chiroyiz maftun etib meni,
Charos ko’zlariz sehrlar tinmay.
“Yoshim katta” degan so’zni qo’ying endi,
Yuragim sevadi mendan so’ramay.

Uni deya ozaman aqlimdan,
Uni deya oshaman haddimdan,
Uni deya, faqat uni dastidan.

Bu lablar, ko’zlar, so’zlarga erishgim kelar,
Nelar qilsam kelar, hayol seni istar.
Bu lablar, ko’zlar, so’zlarga erishgim kelar,
Nelar qilsam kelar, hayol seni istar.

Markaz guruhi Ayol qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu Markaz guruhi Ayol qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!