Muhabbat Shamayeva Ko’chalar qo’shiq matni

Qo’shiq matni Muhabbat Shamayeva Ko’chalar

Ko’chalar, ko’chalar, oydin ko’chalar,
Buncha ham go’zalsiz qaydin, ko’chalar?
Tag’in u o’tdimi, o’sha beparvo,
Ko’ngillar sohibi, ayting, ko’chalar?
Ko’chalar, ko’chalar, oydin ko’chalar.

To’ldirib yuribdi sizni yoshlik, iqbol,
Quyosh ham tushibdi taralib xush hol.
Tag’in u o’tdimi, o’sha beparvo?
Ko’nglimda beadad baxsh etgan farax.
Ko’chalar, ko’chalar, oydin ko’chalar.

Yor boqmay o’tarmu yor jamoliga,
Rahmingiz kelmasmu oshiq holiga?
Qayda u beparvo, qayda u barno?
Yetaklang, chiqaylik istiqboliga.
Ko’chalar, ko’chalar, oydin ko’chalar.

Ko’chalar, ko’chalar, daryo ko’chalar,
Daryoday yuragi, daryo ko’chalar.
Bag’rimday betinim, toshqin va uyg’oq,
O-o-oy, jo-on, yoray.
Bag’rimday betinim, toshqin va uyg’oq,
Bag’rim sohibiday barno ko’chalar.
Ko’chalar, ko’chalar, oydin ko’chalar.

 Muhabbat Shamayeva Ko’chalar qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu Muhabbat Shamayeva Ko’chalar qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!