Muhriddin Xoliqov Parizod qo’shiq matni

Qo’shiq matni Muhriddin Xoliqov Parizod

Parizodim – go’zal malagim,
Orzuimdek oppoq tilagim.
Bu olamda o’zing keragim,
Ko’ksimdagi uyg’oq yuragim. (x2)

Go’zal malagim, oppoq tilagim,
O’zing keragim, Parizod, Parizod.
Go’zal malagim, oppoq tilagim,
O’zing keragim, Parizod, Parizod.

Quchoq ochsa bag’ri keng kunlar,
Sho’x nasimlar shodon shivirlar.
Yuragimda ochilib gullar,
Seni gul deb suysam Parizod.

Olam-olam bag’ishlab chiroy,
Yulduzlarga bo’lib erkatoy,
Samolarda sayr aylasa oy,
Seni oydek suysam Parizod.

Go’zal malagim, oppoq tilagim,
O’zing keragim, Parizod, Parizod.
Go’zal malagim, oppoq tilagim,
O’zing keragim, Parizod, Parizod.

Muhabbatdan so’z ochgan chog’lar,
Go’zallikka burkansa bog’lar,
Poyimizga tiz cho’ksa tog’lar,
Seni tog’dek suysam Parizod.

Yodga olsa seni bahorlar,
Tarqalsalar dildan g’uborlar,
Atrof bo’lsa mudom bahorlar,
Seni shunday suysam Parizod.

Go’zal malagim, oppoq tilagim,
O’zing keragim, Parizod, Parizod.
Go’zal malagim, oppoq tilagim,
O’zing keragim, Parizod, Parizod. (x2)

 Muhriddin Xoliqov Parizod qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu Muhriddin Xoliqov Parizod qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!