Munojot Yo’lchieva Kecha kelgumdur debon qo’shiq matni

Qo’shiq matni Munojot Yo’lchieva Kecha kelgumdur debon

Kecha kelgumdur debon, ul sarvu gulro’ kelmadi,
Ko’zlarimga kecha tong otquncha uyqu kelmadi.

Lahza-lahza chiqdimu, chekdim yo’lida intizor,
Keldi jon og’zimg’ayu, ul sho’xi badxo’ kelmadi.

Ul parivash hajridinkim yig’ladim devonavor,
Kimsa bormukim, oni ko’rganda kulgu kelmadi.

Tolibi sodiq topilmas, yo’qsa kim qo’ydi qadam,
Yo’lg’akim, avval qadam ma’shuqi o’tru kelmadi.

Ey Navoiy, boda birla hurram et ko’ngling uyin,
Ne uchunkim, boda kelgan uyga qayg’u kelmadi.

Munojot Yo’lchieva Kecha kelgumdur debon qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu Munojot Yo’lchieva Kecha kelgumdur debon qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!