Mustafo Laylo qo’shiq matni

Qo’shiq matni Mustafo Laylo

Qaydan topay senday Layloni?
Sahrolarda harchand yig’lasam. (x2)
Aytgin axir, jonim, maylimi,
Bag’ringga bosh qo’yib uxlasam? (x2)
Nigohingda bir bor uxlasam?

Sog’inaman vaslingni xumor,
Shod kimsaga koshki o’xshasam? (x2)
Tongi otmas kechada bedor
Bag’ringga bosh qo’yib uxlasam? (x2)

Hayot poyga, shomu ertalab
Iloj topib qani to’xtasam. (x2)
Sevib-sevib seni erkalab,
Bag’ringga bosh qo’yib uxlasam? (x2)

Qaydan topay senday Layloni…

 Mustafo Laylo qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu Mustafo Laylo qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!