Nargiz Asraydi qo’shiq matni

Qo’shiq matni Nargiz Asraydi

Har kunni, har tongni g’animat biling,
Tinchlik-omonlikni bir ne’mat biling,
Istasangiz har insonni millat biling,
Kim yuksalar Vatanda, biz yuksalmasak?
Muqaddas zaminda biz yayramasak?

Shukrkim, asrga teng sadolaring bor,
Yaxshi-yomon kuningda fidolaring bor,
Obod shaharlaru qishloqlaring bor,
Kimlar tinglar Vatanni biz tinglamasak?
Elning asriy dardin biz so’zlamasak?

Dehqoni asraydi seni, cho’poni asraydi seni,
Sultoni asraydi seni, Vatanim – O’zbekiston.
Dehqoni asraydi seni, o’g’loni asraydi seni,
Sultoni asraydi seni, Vatanim – O’zbekiston,
O’zbekiston.

Har joyning o’z toshu-tarozisi bor,
Yoshlarning kelajak o’z orzusi bor,
Yurakda “kimmiz” degan tuyg’usi bor,
Kim asrar Vatanni biz asramasak?

Shu Vatan deb fido bag’ri kuyukka,
Jangda qalqon bo’lgan ko’ksi uyukka,
Jaloliddin joni fido bu yurtga,
Kim asrar Vatanni biz asramasak?

Dehqoni asraydi seni, cho’poni asraydi seni,
Sultoni asraydi seni, Vatanim – O’zbekiston.
Dehqoni asraydi seni, o’g’loni asraydi seni,
Sultoni asraydi seni, Vatanim – O’zbekiston,
O’zbekiston.

 Nargiz Asraydi qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu Nargiz Asraydi qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!