Nargiz Nargiz qo’shiq matni

Qo’shiq matni Nargiz Nargiz

Men yuzi ko’zgusiga soyangiz tushgan Nargiz,
Ko’zim nigoron bo’lib, xayolim uchgan Nargiz.

Go’yo topdim muhabbat gulshanidan bir maskan, aha-hey,
O’sha men – har kecha yor suratin quchgan Nargiz.

Oh hargiz, xabar olmaysiz hargiz,
Xabar olmaysiz hargiz.

Garchi gulzorda ko’pdir ziynat topgan lolalar,
Siz uchun guldastadir orziqib kutgan Nargiz.

Fosh etolmay, sevgisin yashirib gulshan aro, aha-hey,
Men o’sha – bilarsiz deb g’amlarni yutgan Nargiz.

Oh hargiz, xabar olmaysiz hargiz,
Xabar olmaysiz hargiz.

Kelib ko’rsin, zulfimning zarri parishon, netay,
Man ham ul kabi zorman, o’zin unutgan Nargiz.

Komiljon baxshi erur ruhi xayron Nargizga, aha-hey,
Jon sadqa joningizga, yo’lingiz kutgan Nargiz.

Oh hargiz, xabar olmaysiz hargiz,
Xabar olmaysiz hargiz. (x2)

 Nargiz Nargiz qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu Nargiz Nargiz qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!