Nasiba Abdullaeva Ko’rgim kelar qo’shiq matni

Qo’shiq matni Nasiba Abdullaeva Ko’rgim kelar

Bog’dagi gul bo’yin olgim keladi, olgim keladi,
Osmonda oy bo’lib qolgim keladi, qolgim keladi.
Tunu kun men o’zim, yorim, dilingni, yorim, dilingni,
Yoritgan nur bo’lib qolgim keladi, qolgim keladi.
Tunu kun men o’zim, yorim, dilingni, yorim, dilingni,
Yoritgan nur bo’lib qolgim keladi, qolgim keladi.

Seni ko’rgim kelar, yoningda bo’lgim kelar,
Men sening yuragingga aylanib qolgim kelar. (x2)

Ko’klamim yoz etsang, ko’ngil to’larmu, ko’ngil to’larmu,
Sog’inchni oz etsang, hijron o’larmu, hijron o’larmu?
Bo’lsangu yonimda dardim bilmasang, dardim bilmasang,
Sevgimiz biz uchun armon bo’larmu, armon bo’larmu?
Bo’lsangu yonimda dardim bilmasang, dardim bilmasang,
Sevgimiz biz uchun armon bo’larmu, armon bo’larmu?

Seni ko’rgim kelar, yoningda bo’lgim kelar,
Men sening yuragingga aylanib qolgim kelar. (x2)

Yashagim keladi sening ko’zingda, sening ko’zingda,
Bor bo’lgim keladi aytgan so’zingda, aytgan so’zingda.
Baxtimiz g’unchasi yuzin ocharmu, yuzin ocharmu,
Sen kelsang men tomon bosgan izingda, bosgan izingda?
Baxtimiz g’unchasi yuzin ocharmu, yuzin ocharmu,
Sen kelsang men tomon bosgan izingda, bosgan izingda?

Seni ko’rgim kelar, yoningda bo’lgim kelar,
Men sening yuragingga aylanib qolgim kelar. (x4)

Men sening yuragingga aylanib qolgim kelar.

Nasiba Abdullaeva Ko’rgim kelar qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu Nasiba Abdullaeva Ko’rgim kelar qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!