Nasiba Abdullaeva Ota qo’shiq matni

Qo’shiq matni Nasiba Abdullaeva Ota

Yulduzlarga yetmay qoldi qo’lim mening,
Bekatlari tayin bilmas yo’lim mening.
Yarim bo’ldi asli yarim ko’nglim mening,
Ona sizga yetolmagan kunlarim ko’p,
Ota sizni ko’rolmagan kunlarim ko’p.

Bulutlardan bo’yi uzun bolam degan,
Umridan ham kuyi uzun bolam degan,
Mening bilan bag’ri butun bolam degan,
Ona sizga yetolmagan kunlarim ko’p,
Ota sizni ko’rolmagan kunlarim ko’p.

Bolam uchun talpingani mehrim kerak,
Do’stim uchun kuyimdagi sehrim kerak,
Sizga faqat, sizga mening umrim kerak.
Ona sizga yetolmagan kunlarim ko’p,
Ota sizni ko’rolmagan kunlarim ko’p.

Yuzingizda ajinlarga ko’zim botsin,
Dilingizda tugunlarga ko’zim botsin,
Dardingizni olib dardim yig’lab yotsin.
Ona sizga yetolmagan kunlarim ko’p,
Ota sizni ko’rolmagan kunlarim ko’p.

Mashhurligim tatimagan damlar bisyor,
Kipriklarda seldan qolgan namlar bisyor,
Butun ko’nglim ilg’amagan kamlar bisyor.
Ona sizga yetolmagan kunlarim ko’p,
Ota sizni ko’rolmagan kunlarim ko’p.

Bolam uchun talpingani mehrim kerak,
Do’stim uchun kuyimdagi sehrim kerak,
Sizga faqat, sizga mening umrim kerak.
Ona sizga yetolmagan kunlarim ko’p,
Ota sizni ko’rolmagan kunlarim ko’p.
Ona sizga yetolmagan kunlarim ko’p,
Ota sizni ko’rolmagan kunlarim ko’p.

Ona sizga yetolmagan kunlarim ko’p,
Ota sizni sog’intirgan kunlarim ko’p.

Nasiba Abdullaeva Ota qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu Nasiba Abdullaeva Ota qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!