Nasiba Abdullaeva Umr bahori qo’shiq matni

Qo’shiq matni Nasiba Abdullaeva Umr bahori

Zar beshikka quyosh belandi,
Shoshma – deb oy tongga elandi,
Tunu kunlar shunday ulandi,
Oqayotir yillar anhori,
Qaytarmikan umr bahori? (x2)

Sochimizga qirovlar indi,
Baxt otiga birovlar mindi,
Dilda bo’lay so’rovlar tindi,
Qulamasdan hayot chinori,
Qaytarmikan umr bahori?

Bahor, bahor, umr bahori,
Orzularim, umid nahori.
Bahor, bahor, umr bahori,
Qaytarmikan umr bahori? (x2)

To’lmay turib yuraklar muzga,
Uzrimiz bor munisa ko’zga,
Aytarmi do’st bir rozin bizga,
O’rtamizda turur devori,
Qaytarmikan umr bahori?

Ko’ngil hanuz mehr so’raydi,
Sog’inchiga gullar o’raydi,
Muhabbatim deb yo’l qaraydi,
Boburning ham tutib xumori,
Qaytarmikan umr bahori?

Bahor, bahor, umr bahori,
Orzularim, umid nahori.
Bahor, bahor, umr bahori,
Qaytarmikan umr bahori? (x3)

Nasiba Abdullaeva Umr bahori qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu Nasiba Abdullaeva Umr bahori qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!