Nilufar Usmonova Chapaniginam o’zbegim qo’shiq matni

Qo’shiq matni Nilufar Usmonova Chapaniginam o’zbegim

Erkaliging yarashgan,
Aytganidan qaytmagan,
Kamtarinlik, bo’yin egmas,
Chapaniginam – o’zbegim!

Nonini bo’lishganginam,
Ko’ngli to’q, beozorginam,
Ham iymoni butunginam,
Chapaniginam – o’zbegim!

Boshda do’ppi naqshi bo’lakcha,
Oppoq yaktak, belda qiyiqcha,
Yonbosh yotib boqar dalaga-yey,
Mehr berar yerga o’zbegim.

Bir parcha yerga bermas ozor,
Daqiqasi o’tmaydi bekor,
Duosida yurtin alqagan,
Mehnatsiz yashamas o’zbegim.

Erkaliging yarashgan,
Aytganidan qaytmagan,
Kamtarinlik, bo’yin egmas,
Chapaniginam – o’zbegim!

Nonini bo’lishganginam,
Ko’ngli to’q, beozorginam,
Ham iymoni butunginam,
Chapaniginam – o’zbegim!

Andishani qo’rqoq desalar,
Hurmatingga yuvosh desalar,
Seb eng buyuk unutma, xalqim,
Senday bo’lmas hech kim, o’zbegim!

Kimga boqar? Senga boqsinda
Erta kelajak, quyoshli kun,
Sarboni bor karvon borarda,
Manzilni ko’zlagan buyuk kun.

Erkaliging yarashgan,
Aytganidan qaytmagan,
Kamtarinlik, bo’yin egmas,
Chapaniginam – o’zbegim!

Nonini bo’lishganginam,
Ko’ngli to’q, beozorginam,
Ham iymoni butunginam,
Chapaniginam – o’zbegim!

Nilufar Usmonova Chapaniginam o’zbegim qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu Nilufar Usmonova Chapaniginam o’zbegim qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!