Nuriddin Hamroqulov Ajab sirlar qo’shiq matni

Qo’shiq matni Nuriddin Hamroqulov Ajab sirlar

Ajab sirlar, ajab sirlar,
Ajab sirlar bormish subhi-saboda,
Umr aks etarmish oqar daryoda,
Oqar daryoda.

Umid yulduzlari porlar samoda,
Men baxtim topgayman qay dilraboda,
Qay dilraboda?
Bizning ham sevguvchi bordir dunyoda.

Oshiqlar orzusi o’xshash bo’larmish,
Taqdir bir-biriga tutash bo’larmish, (x2)
Ko’ngillarda o’chmas otash bo’larmish,
A’lo bo’lar emish ahdu-vafoda, ahdu-vafoda,
Bizning ham sevguvchi bordir dunyoda.

Inson iqbol uchun, baxt uchun yashar,
Mehrga intilsang, sevsang yarashar. (x2)
Bu kun o’tli shaydo ko’zlar uchrashar,
Murodim kularmi o’shal barnoda, o’shal barnoda?
Bizning ham sevguvchi bordir dunyoda.

Ajab sirlar, ajab sirlar,
Ajab sirlar bormish subhi-saboda,
Umr aks etarmish oqar daryoda,
Oqar daryoda.

Oqar daryoda, oqar daryoda…

Nuriddin Hamroqulov Ajab sirlar qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu Nuriddin Hamroqulov Ajab sirlar qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!