Og’abek Sobirov Birgina dilbargina qo’shiq matni

Qo’shiq matni Og’abek Sobirov Birgina dilbargina

Oldi ko’nglimni mani birgina dilbargina, (x2)
Tishlari gavhargina, lablari shakargina. (x2)

Jilvagar bo’ldi pari so’rubon raxshini tez, (x2)
Chobuki targinayu, sho’xi sitamgargina. (x2)

Manda hud qolmadi bir zarra kabi toqatu tob, (x2)
Aylagil, yo rab, ani tez muyassargina. (x2)

Oldi ko’nglimni mani birgina dilbargina, (x2)
Tishlari gavhargina, lablari shakargina. (x2)

Jon…
O’rtabon ishq o’tiga jonu tanim ayladi kul, (x2)
Yuzi anvarginayu, xoli muanbargina.

Ogahiy, har kecha-kunduz eshitur ohu fig’on, (x2)
Kimgakim uchrasa bir yoshgina dilbargina. (x2)

Oldi ko’nglimni mani birgina dilbargina, (x2)
Tishlari gavhargina, lablari shakargina. (x2)

Chobuki targinayu, sho’xi sitamgargina,
Yuzi anvarginayu, xoli muanbargina.

Og’abek Sobirov Birgina dilbargina qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu Og’abek Sobirov Birgina dilbargina qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!