O’ktam Ahmedov Bo’lmas qo’shiq matni

Qo’shiq matni O’ktam Ahmedov Bo’lmas

Har nomardga aytma dardu-siringni,
Hasrat o’ti jisming yoqqancha bo’lmas.

G’ussa bilan dona-dona ko’zingdan
Achchiq yoshlaringni to’kkancha bo’lmas.

Qanoatda izzatda tut o’zingni,
Ta’ma qilib sarg’aytirma yuzingni.

Har nomardga ravo ko’rma so’zingni,
So’zingni binosini yiqqancha bo’lmas. (x2)

Mag’rur bo’lib kezma umring guliga,
Duch bo’lursan bir kun xazon yeliga.

Yuz yil yashab tushsang ajal qo’liga,
Chapingdan o’ngingga boqqancha bo’lmas. (x2)

Ko’ngli qaro bilan bo’lmanglar ulfat,
Yuqar undan turli-tuman kasofat.

Ko’mirga har necha aylasang izzat,
Yuzingga qarosi yuqqancha bo’lmas. (x2)

Mahtumquli hargiz topmadi omon,
Yomon tilning zaxri tig’lardin yomon.

Yomon til yonida zaxri ko’p ilon
Chaqsada, bir chivin chaqqancha bo’lmas.(x2)

Har nomardga aytma dardu-siringni,
Hasrat o’ti jisming yoqqancha bo’lmas.
Hasrat o’ti jisming yoqqancha bo’lmas.

O’ktam Ahmedov Bo’lmas qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu O’ktam Ahmedov Bo’lmas qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!