Ortiq Otajonov Umr o’tar qo’shiq matni

Qo’shiq matni Ortiq Otajonov Umr o’tar

Umr o’tar, vaqt o’tar,
Xonlar o’tar, taxt o’tar, (x2)
Omad o’tar, baxt o’tar,
Lekin hech qachon chiqmas yodimdan
Sening yurishlaring, sening kulishlaring,
Seni kulishlaring. (x2)

Bahorda bog’lar go’zal,
Qor yog’sa tog’lar go’zal, (x2)
Bu yoshlik chog’lar go’zal,
Lekin hech qachon chiqmas yodimdan
So’zsiz qarashlaring, holim so’rashlaring,
Holim so’rashlaring (x2)

Oy chiqar goh zaholi,
Do’stlar ko’pdir vafoli, (x2)
Hayot shundan safoli,
Lekin hech qachon chiqmas yodimdan
Sekin so’zlashlaring, pinhon izlashlaring,
Pinhon izlashlaring. (x2)

Umr – yo’l, qayrilish ko’p,
Uchrashish, ayrilish ko’p, (x2)
Unutish, aytilish ko’p,
Lekin hech qachon chiqmas yodimdan
O’sha kulishlaring, o’sha kelishlaring,
Holim so’rashlaring. (x2)

Seni yurishlaring, seni yurishlaring…

Ortiq Otajonov Umr o’tar qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu Ortiq Otajonov Umr o’tar qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!