Oxunjon Madaliyev Nasibam qo’shiq matni

Qo’shiq matni Oxunjon Madaliyev Nasibam

Bahor keldi boqqa, gulni yetaklab,
Quyosh chiqdi yer yuziga charaqlab,
Qalb daftarin ochdim ma’yus varaqlab,
Seni izlab nasibam, seni izlab.
Seni izlab nasibam, seni izlab.

Noming nola qilar bag’rimni ezib,
Kelmaysanmi sog’inganimni sezib? (x2)
Ketgim kelur butun yer yuzin kezib,
Seni izlab nasibam, seni izlab.
Seni izlab nasibam, seni izlab.

Ko’zlarimda yosh qalqiydi dengizdek,
Har bir ohim ko’kni qoplar yulduzdek,
Va turibman bu dunyoda yolg’izdek,
Seni izlab nasibam, seni izlab.

Qalb daftarin sen ham ochib qolarsan,
Nomim o’qib, yodinga ham olarsan,
Sevsang o’zing bir kun topib kelarsan,
Meni izlab nasibam, meni izlab.
Meni izlab nasibam, meni izlab.

Oxunjon Madaliyev Nasibam qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu Oxunjon Madaliyev Nasibam qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!