Oxunjon Madaliyev Seni bugun ko’rmasam bo’lmas qo’shiq matni

Qo’shiq matni Oxunjon Madaliyev Seni bugun ko’rmasam bo’lmas

G’amgin yurak, g’amgusor yurak,
Bechorani xo’rlasang bo’lmas. (x2)
Seni bugun ko’rishim kerak,
Seni bugun ko’rmasam bo’lmas. (x2)

Yelkamga yuk tashladi osmon,
Bu azoblar qo’ygaymi omon? (x2)
Tushun, seni sog’indim yomon,
Seni bugun ko’rmasam bo’lmas. (x2)
Seni bugun ko’rmasam bo’lmas.

Balki quyosh kular ertaga,
Ochiladi gullar ertaga. (x2)
Nima bo’lsa, bo’lar ertaga,
Seni bugun ko’rmasam bo’lmas. (x2)
Seni bugun ko’rmasam bo’lmas.

Uzun tunlar bunchalar mahzun,
Mahzun kunlar bunchalar uzun? (x2)
Men ertaga yashashim uchun
Seni bugun ko’rmasam bo’lmas. (x2)

Seni bugun ko’rmasam bo’lmas… (x4)

 Oxunjon Madaliyev Seni bugun ko’rmasam bo’lmas qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu Oxunjon Madaliyev Seni bugun ko’rmasam bo’lmas qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!