Oxunjon Madaliyev Yolg’izim qo’shiq matni

Qo’shiq matni Oxunjon Madaliyev Yolg’izim

Qalbimni xayollar maskan etsalar,
Qo’rqinchli shubhalar solsalar g’ulu, (x2)
Nogahon yulduzing so’ndi, desalar,
Yurakda g’alayon boshlasa tuyg’u,

O’kinchdan alamdan sarg’aysa yuzim,
Seni qo’msagayman takror, yolg’izim. (x2)

Do’stlarim mehridan bo’lganimda mast,
Ulkan bog’larida uchganda navo,
Tiyrak nigohimda qorli tog’ emas,
O’zbegim g’ururi bo’lganda paydo,

Gulu-chechaklarga burkansa yuzim,
Seni qo’msagayman takror, yolg’izim. (x2)

Hayhot-ki, ul tengsiz ko’zlar sehriga
O’zgalar og’zida to’qilsa ertak,
Qarab to’yolmasdan ko’zlar sehriga
Yorilmoq bo’lganda rashkdan bu yurak,

Bo’g’zimda qolganda oxirgi so’zim,
Seni qo’msagayman so’ng bor, yolg’izim. (x2)

Seni qo’msagayman so’nggi bor, yolg’izim. (x2)

Oxunjon Madaliyev Yolg’izim qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu Oxunjon Madaliyev Yolg’izim qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!