Oybek va Nigora Habibam qo’shiq matni

Qo’shiq matni Oybek va Nigora Habibam

Oy nuriga yulduz ilhaq,
Samolar nedan nohaq?
Bemador tanda bu yurak,
Sensiz onlarni sanayman.

Qaytaqol, qiynamagin,
Bedavoman kun sayin.
Qandayin sog’inmayin?
Vaslingni tongda so’rayman.

Ko’rsat ishqingni hamrohim aylab,
Porlab baxtdan taralsin ziyo.
O’ylab yod etaman seni qo’msab,
Kuylab vaslingni yor.

Yorimsan to abad,
Yonma-yon bo’l faqat.
Yolg’iz vasling istab,
Yondim habibam. (x2)

Oy ruhsoringga men shaydo,
Hasratdan sabrim ado.
Hijron azobi aro,
Alamlarim yengolmayman.

Tanho dilga manzursan,
Ko’zlarimdagi nursan.
Yuragimga huzursan,
Sensiz taskin topolmayman.

Ko’rsat ishqingni hamrohim aylab,
Porlab baxtdan taralsin ziyo.
O’ylab yod etaman seni qo’msab,
Kuylab vaslingni yor.

Yorimsan to abad,
Yonma-yon bo’l faqat.
Yolg’iz vasling istab,
Yondim habibam. (x4)

 Oybek va Nigora Habibam qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu Oybek va Nigora Habibam qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!