Ozodbek Nazarbekov Arazlab ketdi qo’shiq matni

Qo’shiq matni Ozodbek Nazarbekov Arazlab ketdi

Xafa bo’lib bir zumda
Meni zor tashlab ketdi,
Dilim ham yomon shunda –
Yorim arazlab ketdi (x2)

Intizor ko’ngil g’arib,
Bir kunda qoldim qarib, (x2)
Borsammikan axtarib,
Yorim arazlab ketdi. (x2)

Tunlar o’tar uyqusiz,
Xayotim his-tuyg’usiz. (x2)
Fayzi o’chgan uy usiz –
Yorim arazlab ketdi (x2)

Huvillab qoldi bag’ir,
Ichgan suvim ham taxir, (x2)
Nimadir kamday axir –
Yorim arazlab ketdi (x2)

Yo’l qarab kun ham botdi,
Bemadorday tong otdi, (x2)
Nima qilay bosh qotdi –
Yorim arazlab ketdi (x2)

Uyimning farishtasi,
Ozoda sarishtasi, (x2)
Tortib ko’ngil rishtasin
Yorim arazlab ketdi (x2)

Xafa bo’lib bir zumda
Meni zor tashlab ketdi,
Tilim ham yomon shunda –
Yorim arazlab ketdi.

Tilim ham yomon shunda –
Yorim arazlab ketdi.

Ozodbek Nazarbekov Arazlab ketdi qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu Ozodbek Nazarbekov Arazlab ketdi qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!