Ozodbek Nazarbekov Beqarorimnimu dey qo’shiq matni

Qo’shiq matni Ozodbek Nazarbekov Beqarorimnimu dey

Yo qoshing yanglig’ egilgan jismi zorimnimu dey?
Yo sochingdek tiyra bo’lg’on ro’zgorimnimu dey?

Kunduz o’lsa, tungacha aytaymu bepoyon g’amim,
Kecha bo’lsa, tongg’a tegru holi zorimnimu dey? (x2)
Yo qoshing yanglig’ egilgan jismi zorimnimu dey?

Hajri qotil birla ko’nglum holatinmu sharh etay, (x2)
Dardi muhlik ichra joni beqarorimnimu dey? (x2)
Yo qoshing yanglig’ egilgan jismi zorimnimu dey?

Telbayu madhushu bexud dema kim qildi seni,
La’li maygun, so’zi mulk, ko’zi xumorimnimu dey?

Bobur, ul oyning quyoshdek orazi hijronida
Tongg’a tegru har kecha yulduz sanorimnimu dey? (x2)

Yo qoshing yanglig’ egilgan jismi zorimnimu dey?
Yo sochingdek tiyra bo’lg’on ro’zgorimnimu dey?

Yo sochingdek tiyra bo’lg’on ro’zgorimnimu dey?

 Ozodbek Nazarbekov Beqarorimnimu dey qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu Ozodbek Nazarbekov Beqarorimnimu dey qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!