Ozodbek Nazarbekov Erkak kishini qo’shiq matni

Qo’shiq matni Ozodbek Nazarbekov Erkak kishini

Dunyoga keldikmi biling, ey do’stlar:
Ikki dushmani bor erkak kishini – (x2)
Biri manmanlikdir, ikkinchisi til,
To’xtatadi yurib turgan ishini. (x2)

Dunyoga keldikmi biling, ey do’stlar:
Ikkita do’sti bor erkak kishini –
Biri oilasi va xalol mehnat,
Shular bo’lsa egib yurmas boshini.

Dunyoga keldikmi biling, ey do’stlar:
Ikki dushmani bor erkak kishini…

Dunyoga keldikmi biling, ey do’stlar:
Ikki omadi bor erkak kishini –
Vafodor ayol va eng sodiq bir do’st,
Yo’qsa hayot sindiradi tishini.

Dunyoga keldikmi biling, ey do’stlar:
Ikkita qarzi bor erkak kishini –
Biri onasidan, biri vatandan,
Shu ishga sarflasin bilak kuchini.

Dunyoga keldikmi biling, ey do’stlar:
Ikki dushmani bor erkak kishini…

Dunyoga keldikmi biling, ey do’stlar:
Ikki boyligi bor erkak kishini –
Biri farzandidir, ikkinchisi bu
Xotirjamlik qaritmaydi yoshini.

Dunyoga keldikmi biling, ey do’stlar:
Ikki qanoti bor erkak kishini –
Birinchisi iymon, keyin sog’likdir,
Shular keltiradi omad qushini.

Dunyoga keldikmi biling, ey do’stlar:
Ikki dushmani bor erkak kishini…

Dunyoga keldikmi biling, ey do’stlar:
Ikkita baxti bor erkak kishini –
Ayol emas, erkak bo’lib tug’ilgan,
Ikkinchisi olar ayol hushini.

Ahad Qayum aytar biling, ey do’stlar:
Ikki ustuni bor ijod ahlini –
Biri chin muhlislar va iste’doddir,
San’atkor shulardan sezar baxtini.

Dunyoga keldikmi biling, ey do’stlar:
Ikki dushmani bor erkak kishini –
Biri manmanlikdir, ikkinchisi til
To’xtatadi yurib turgan ishini.

Dunyoga keldikmi biling, ey do’stlar:
Ikki dushmani bor erkak kishini…

Ozodbek Nazarbekov Erkak kishini qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu Ozodbek Nazarbekov Erkak kishini qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!