Ozodbek Nazarbekov Gar nolisak qo’shiq matni

Qo’shiq matni Ozodbek Nazarbekov Gar nolisak

(Orolmirzo Safarov)
Zulmat ichra o’tar mening tunu kunim,
Men ham sizday ko’rgim kelar oy-quyoshni,
Lek taqdirdan nolimasdan yashaymankim,
Faryod solib, toshga urmam aziz boshni.
Shukr deyman, oyoq-qo’lim salomatdir,
Gar nolisam, bu xudoga malomatdir.

(Ozodbek Nazarbekov)
Ming bor shukr, ko’kka yetar bo’ylarimiz,
Har kun to’yga ulanmoqda to’ylarimiz,
Tirik jonning rizqin berar qodir xudo,
Elga tinchlik so’rar duo, kuylarimiz.
Ne’matlarning eng yaxshisi halovatdir,
Gar nolisak, bu xudoga malomatdir.

(Orolmirzo Safarov)
To’rt yonimda topganim – chin yoru do’stlar,
Bilinmaydi uncha-buncha kamu ko’stlar,
Farzandlarim kulgusini eshitsam bas,
Xotirjamman, ko’rmasa ham mayli ko’zlar.
Qalbing bilan ko’rish ham bir karomatdir,
Gar nolisam, bu xudoga malomatdir.

(Ozodbek Nazarbekov)
Kimga erta, kimgadur kech kelgay davron,
Kimlargadur shu kunlar ham bo’lgan armon,
Sinovlarga sabr qilmoq qanday go’zal,
Shunda o’zi qo’llar bizni buyuk rahmon.
Shukr qilmoq mo’minlikdan dalolatdir,
Gar nolisak, bu xudoga malomatdir.

Ne’matlarning eng yaxshisi halovatdir,
Gar nolisak, bu xudoga malomatdir.
Tiriklikning o’zi ham zo’r mukofotdir,
Gar nolisak, bu xudoga malomatdir.

Ozodbek Nazarbekov Gar nolisak qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu Ozodbek Nazarbekov Gar nolisak qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!