Ozodbek Nazarbekov Otim Majnun qo’shiq matni

Qo’shiq matni Ozodbek Nazarbekov Otim Majnun

Qadu xating bila ko’zu yuzung, ey sarvi siymintan,
Biri sarvu biri rayhon, biri nargis, biri gulshan.

Hadisu la’lu raftoru jamolingdin erur har dam
Tilim go’yo, so’zum rangin, ko’ngul xurram, ko’zum ravshan.

Qadu xating bila ko’zu yuzung, ey sarvi siymintan,
Biri sarvu biri rayhon, biri nargis, biri gulshan.

Meni madhushu miskin, naylay, ul sho’xi balo birla,
Men asru bedilu bexud, ul asru purdilu purfan. (x2)

Falak javru jafosidin, ul oy dardu balosidin
Chekarmen nolayu afg’on, qilurmen giryayu shevan.

Qadu xating bila ko’zu yuzung, ey sarvi siymintan,
Biri sarvu biri rayhon, biri nargis, biri gulshan.

Baloi ishqu yolg’uzluq, dag’i hijronu g’urbatda
Otim – Majnun, kishim – mehnat, ishim – zori, yerim – gulxan. (x2)

O’qung birla xayoling, dardingu mehringga Boburdek,
Tanim – manzil, ko’zum – maskan, ko’kus – ma’vo, ko’ngul – maxzan.

Qadu xating bila ko’zu yuzung, ey sarvi siymintan,
Biri sarvu biri rayhon, biri nargis, biri gulshan.

 Ozodbek Nazarbekov Otim Majnun qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu Ozodbek Nazarbekov Otim Majnun qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!