Ozodbek Nazarbekov Sen bahorsan qo’shiq matni

Qo’shiq matni Ozodbek Nazarbekov Sen bahorsan

Bu jahonda ko’zlaringdek
Sim-siyo charos yo’q,
Gul erursan, gullar ichra
Senga hech taqqos yo’q. (x2)

Ko’zlaring dil o’ynatur,
So’zlaring dil o’ynatur.
Yetti iqlimda seningdek
Yana bir dilboz yo’q.
Yetti iqlimda seningdek
Yana bir dilboz yo’q.

Sen malaklardan malaksan,
Tingla, ey gul chehra yor. (x2)
Senga o’tlig’ nisbatinda
Zarracha pardoz yo’q. (x2)

Bu jahonda ko’zlaringdek
Sim-siyo charos yo’q,
Gul erursan, gullar ichra
Senga hech taqqos yo’q.

Sen bahorsan barcha dilni
Urdirursan barq va lek
Bizga qaxr-u qaxraton bor,
Voh, nechunkim yoz yo’q?

Qay kuni lutfu-karamla
Va’dalar qilding va lek
Ko’zlaring aytardi, hay-hay,
Bu kalomda rost yo’q.

Bu jahonda ko’zlaringdek
Sim-siyo charos yo’q,
Gul erursan, gullar ichra
Senga hech taqqos yo’q.

Bu jahonda…
Sim-siyo charos yo’q,
Gul erursan,
Senga hech taqqos yo’q.

Senga hech taqqos yo’q,
Senga hech taqqos yo’q.

Ozodbek Nazarbekov Sen bahorsan qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu Ozodbek Nazarbekov Sen bahorsan qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!