Ozodbek Nazarbekov Sevarmisan qo’shiq matni

Qo’shiq matni Ozodbek Nazarbekov Sevarmisan

Ko’ngling qulfin buzib kirsam,
Bo’ronlardek to’zib kirsam,
So’ng umidim uzib ko’rsam
Yig’larmisan?
Kutarmisan?

Kulging qo’shar jonimga jon,
Bir sevib yig’lashing armon,
Men uchun yurakdan jonon
Yig’larmisan?
Sevarmisan?

So’ngi bora yo’qlab kelsam,
Poyinga bosh qo’yib o’lsam,
Mening telbam deya erkam
Yig’larmisan?
Sevarmisan?

Siqilsam taftingdan kuyib,
Kipriging ostidan to’yib,
Yoshdan labingga suv quyib
Yig’larmisan?
Ko’narmisan?

Sochlaring bo’ynimda dorim,
Ko’nglimda yagona borim,
Yomg’irdek bir bor bahorim
Yig’larmisan?
Yig’larmisan?

So’ngi bora yo’qlab kelsam,
Poyinga bosh qo’yib o’lsam,
Mening telbam deya erkam
Yig’larmisan?
Sevarmisan?

So’ngi bora yo’qlab kelsam,
Poyinga bosh qo’yib o’lsam,
Mening telbam deya erkam
Yig’larmisan?
Sevarmisan?

Ozodbek Nazarbekov Sevarmisan qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu Ozodbek Nazarbekov Sevarmisan qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!