Ozodbek Nazarbekov Xafa bo’laman qo’shiq matni

Qo’shiq matni Ozodbek Nazarbekov Xafa bo’laman

Shuncha kutdim bir kelmasang,
Xafa bo’laman, xafa bo’laman.
Bir jilmayib, bir kulmasang,
Xafa bo’laman, xafa bo’laman. (x2)

Osmonimda yulduzimsan,
Ko’zda nurim, kunduzimsam. (x2)
Sen ranjisang, men o’zimdan
Xafa bo’laman, xafa bo’laman. (x2)

Yuragimni tirnar gumon,
Shubha dilni chaqar ilon.(x2)
Gar kelmasang, sendan yomon
Xafa bo’laman, xafa bo’laman.(x2)

Dildan dardim o’chirolmay,
Baxt sharobin ichirolmay, (x2)
O’zimni ham kechirolmay,
Xafa bo’laman, xafa bo’laman. (x2)

Hali izlab kelasanku,
Oshiq qalbim sezasanku, (x2)
Yana o’zing bilasanku,
Xafa bo’laman, xafa bo’laman. (x2)

Shuncha kutdim bir kelmasang,
Xafa bo’laman, xafa bo’laman.
Bir jilmayib bir kulmasang,
Xafa bo’laman, xafa bo’laman.

Shuncha kutdim bir kelmasang,
Xafa bo’laman.

Ozodbek Nazarbekov Xafa bo’laman qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu Ozodbek Nazarbekov Xafa bo’laman qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!