Ozodbek Nazarbekov Yorim, jonim qo’shiq matni

Qo’shiq matni Ozodbek Nazarbekov Yorim, jonim

(Yorim…)
Endi men ko’nglimni uzolmayman,
Ahd qildim, ahdimni buzolmayman.
Hijronli kunlarni cho’zolmayman,
Ko’nglimning so’ziga kiraveraman,
Yana seni yaxshi ko’raveraman,
Yorim, jonim, yorim.

Qaxr bilan dedim o’zimdan o’zim,
Yoningga qaytmayman – shu so’nggi so’zim!
Hech kimga bermayin, ey shahlo ko’zim,
Sog’inchli qo’shig’im aytaveraman,
Ketsam ham yoningga qaytaveraman,
Yorim, jonim, yorim.

So’zingni tinglasam – ranjibsan biroz,
Ko’nglingni bilmayin qiynaganim rost.
Yoningda bo’layin, qilma e’tiroz,
Yorim, jonim.
Olmasang yana gul tutaveraman,
Mehrni o’zingdan kutaveraman.
Yorim, jonim, yorim.

Ozodbek Nazarbekov Yorim, jonim qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu Ozodbek Nazarbekov Yorim, jonim qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!