Ravshan Sobirov Sen yig’lama qo’shiq matni

Qo’shiq matni Ravshan Sobirov Sen yig’lama

Nega bugun jonim sening ko’zlaringda yosh,
Nega bugun ko’rinmaydi chehrangda quyosh?
Nahot qolmadi qalbingda hech qanday quvonch,
Nahot yo’qoldi yurakda sevgiga ishonch?
Nahot shunchalik yovuz bo’lsa bu dunyo,
Nahot bir umr hayot o’tsa bevafo?

Sen o’ylama, sen yig’lama, yuragingni qiynama,
Bu azoblar o’tib ketar, sen ko’z ochib yumguningcha.
Sen o’ylama, sen yig’lama, yuragingni qiynama,
Axir hayot hali oldinda, baxting toparsan albatta.

Hali kutar seni jonim quvonchli kunlar,
Sen uchun yonar osmonda baxtli yulduzlar.
Yana uyg’onar qalbingda orzu umidlar,
Yana uyg’onar yurakda o’sha tuygular.
Asli shunchalik yovuz emas bu dunyo,
Aslo bir umr hayot o’tmas bevafo.

Sen o’ylama, sen yig’lama, yuragingni qiynama,
Bu azoblar o’tib ketar, sen ko’z ochib yumguningcha.
Sen o’ylama, sen yig’lama, yuragingni qiynama,
Axir hayot hali oldinda, baxting toparsan albatta.

Asli shunchalik yovuz emas bu dunyo,
Aslo bir umr hayot o’tmas bevafo.

Sen o’ylama, sen yig’lama, yuragingni qiynama,
Bu azoblar o’tib ketar, sen ko’z ochib yumguningcha.
Sen o’ylama, sen yig’lama, yuragingni qiynama,
Axir hayot hali oldinda, baxting toparsan albatta.

Ravshan Sobirov Sen yig’lama qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu Ravshan Sobirov Sen yig’lama qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!