Rayhon Abadiy qo’shiq matni

Qo’shiq matni Rayhon Abadiy

[Rayhon]
Abadiy shu holimda qolsam kerak,
Seni sevib o’tsam kerak,
Tabassum bilan yig’lab.
[Sardor Rahimxon]
Abadiy muhabbatdan tonsam kerak,
Seni kuylab o’tsam kerak,
Har kuningda so’roqlab.

[Sardor Rahimxon]
Tingla, yuragim arang urar,
Ko’zlarim doim seni izlar,
Poyma-poy qadamim intilar
Tomoningga, jonim, sevgilim.

[Rayhon]
Yoding etmaydi menga oromu baxt,
Visolim – gul to’la bir daraxt.
Yashnayman, so’naman o’tib vaqt,
Topmasang ko’nglimni, sevgilim.

[Rayhon]
Abadiy shu holimda qolsam kerak,
Seni sevib o’tsam kerak,
Tabassum bilan yig’lab.
[Sardor Rahimxon]
Abadiy muhabbatdan tonsam kerak,
Seni kuylab o’tsam kerak,
Har kuningda so’roqlab.

[Sardor Rahimxon]
Boraman shu onda xanda yo’q,
Otildi yuragimga ming o’q.
Bu holimdan endi ko’nglim to’q,
Esimga kelsang agar, jonim.

[Rayhon]
Ko’zim ko’rmas o’zingdan o’zgani,
Boraman yoningda bo’lgani,
Tayyor bo’l dardimni olgani,
Anglagin ahvolimni, jonim.

[Sardor Rahimxon]
Abadiy shu holimda qolsam kerak,
Seni sevib o’tsam kerak,
Tabassum bilan yig’lab.
[Rayhon]
Abadiy muhabbatdan tonsam kerak,
Seni kuylab o’tsam kerak,
Har kuningda so’roqlab.

[Sardor Rahimxon]
Seni sevaman,
Yonimda bo’l doim,
Sensiz hayotimni tasavvur eta olmayman.

Abadiy shu holimda qolsam kerak,
Seni sevib o’tsam kerak,
Tabassum bilan yig’lab.
Abadiy muhabbatdan tonsam kerak,
Seni kuylab o’tsam kerak,
Har kuningda so’roqlab.

Rayhon Abadiy qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu Rayhon Abadiy qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!