Rayhon Aldangan yurak qo’shiq matni

Qo’shiq matni Rayhon Aldangan yurak

Nega bog’im gul ochmaydi,
Nega holim o’nglanmaydi,
Amalimni hech bir fayzi yo’q?
Nega qalbim quvonmaydi,
Nega yaram yozilmaydi,
Dardlarimga hech bir davo yo’q?

Aldangan yurak bermaydi darak,
Bu dunyoning zo’ri sensiz ne kerak?
Aldandi yurak, endi na demay,
Oh tortib tonaman, bag’rim ming bo’lak.

(Qalbim yig’lar) unda dodu-faryod o’rtar,
(Dardim tig’lar) sinab bag’rimni. (x2)

Sevdim ammo sevilmadim,
Tilab diydor ko’rolmadim,
Behuzurman, yonib o’charman.
Yo’limni izlab topmadim,
Yaqinimga xush kelmadim,
Beqarorman, gulday so’narman.

Aldangan yurak bermaydi darak,
Bu dunyoning zo’ri sensiz ne kerak?
Aldandi yurak, endi na demay,
Oh tortib tonaman, bag’rim ming bo’lak.

(Qalbim yig’lar) unda dodu-faryod o’rtar,
(Dardim tig’lar) sinab bag’rimni. (x2)

Aldangan yurak bermaydi darak,
Bu dunyoning zo’ri sensiz ne kerak?
Aldandi yurak, endi na demay,
Oh tortib tonaman, bag’rim ming bo’lak.

(Qalbim yig’lar) unda dodu-faryod o’rtar,
(Dardim tig’lar) sinab bag’rimni. (x2)

Rayhon Aldangan yurak qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu Rayhon Aldangan yurak qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!