Ruhshona Hayot qo’shiq matni

Qo’shiq matni Ruhshona Hayot

Men yaralganman faqat sen uchun,
Taqdir bizni takror uchratar.
Bu yarim yurak sen bilan butun,
Bir nigohing qalbim yoritar.

Bu nima hayot, seni sevmasam,
Shirin so’zlaring tinglolmasam?
Bu nima hayot, sendan ayrilsam,
Sog’inchingga hech ko’nolmasam?

Biz birga bo’lsak o’zgarar olam,
Maftun etar shirin tuyg’ular.
Sen mening go’yo asrovchi farishtam,
Senla dard ham baxtdek tuyular.

Bu nima hayot, seni sevmasam,
Shirin so’zlaring tinglolmasam?
Bu nima hayot, sendan ayrilsam,
Sog’inchingga hech ko’nolmasam?

Tasavvurimga sig’maydi aslo
Sensizlikda o’tar bir kun ham,
Ko’zga ko’rinmas senla bir xato,
Borligingdan g’ururlanaman.

Bu nima hayot, seni sevmasam,
Shirin so’zlaring tinglolmasam?
Bu nima hayot, sendan ayrilsam,
Sog’inchingga hech ko’nolmasam?

Ruhshona Hayot qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu Ruhshona Hayot qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!