Ruhshona Kabutar qo’shiq matni

Qo’shiq matni Ruhshona Kabutar

Osmon aksi, osmon aksi daryoda,
Gullar bo’yi, gullar bo’yi samoda.
Kabutardek charx urib, kabutardek charx urib,
Sevgi uchar dunyoda.

Kabutardek charx urib, kabutardek charx urib,
Sevgi uchar dunyoda.

Daryo suvi tinmasino,
Qizning dili sinmasin. (x2)
Yuragimda sirlar ko’p-o,
Sirimni yor bilmasin. (x2)

Kabutardek charx urib, kabutardek charx urib,
Sevgi uchar dunyoda. (x2)

Yuzga shamol sanchildi-yo,
Kokillarim sochildi. (x2)
Daryolarning bo’yida-yo,
Yurakda gul ochildi.

Kabutardek charx urib, kabutardek charx urib,
Sevgi uchar dunyoda. (x2)

Dunyo o’zimga o’xshar,
Daryo so’zimga o’xshar.
Osmonlarga qarasam,
Osmon ko’zimga o’xshar.

Kabutardek charx urib, kabutardek charx urib,
Sevgi uchar dunyoda. (x2)

Sevgi uchar dunyoda…

 Ruhshona Kabutar qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu Ruhshona Kabutar qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!