Ruhshona Yuragim qo’shiq matni

Qo’shiq matni Ruhshona Yuragim

Zorlanib boqib, yuragim yoqib
Qo’ygansan, yonimda – yana sen.
Qalbim ichra yagona yolg’izim
O’zingsan, yorim, yorim mening.

O’zimga yana termulib nelarni
O’ylaysan, xayolda – yana sen.
Sog’inarman, parvonayam bo’lganim
O’zingsan, jonim, jonim mening.

Sevgimsan, baxtimsan,
Xayolimsan tanho.
Sen bilan
Go’zal dunyo.

Yorim, yuragim, doim keragim
Bo’lgin sen.
Hayotim – o’zing, yolg’iz tilagim
Bo’lgin sen. (x2)

Yonimga kelib, quvonchim bo’lib
Qolgansan, sen uchun mana men.
Osmon uzra bir dona yulduzing
Bo’laman, zorim, zorim mening.

Yo’limda yana vaslimga intizor
Bo’lasan, qalbingda yana men.
Yoritaman tunlar bedorliging,
Bilaman, borim, borim mening.

Sevgimsan, baxtimsan,
Xayolimsan tanho.
Sen bilan
Go’zal dunyo.

Yorim, yuragim, doim keragim
Bo’lgin sen.
Hayotim – o’zing, yolg’iz tilagim
Bo’lgin sen. (x2)

Sevgimsan, baxtimsan,
Xayolimsan tanho.
Sen bilan
Go’zal dunyo.

Yorim, yuragim, doim keragim
Bo’lgin sen.
Hayotim – o’zing, yolg’iz tilagim
Bo’lgin sen. (x2)

Ruhshona Yuragim qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu Ruhshona Yuragim qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!