Ruslan Sharipov Yo’qchilik yiqitar qo’shiq matni

Qo’shiq matni Ruslan Sharipov Yo’qchilik yiqitar

Dardu g’am nuratar ko’ngil to’rini,
Ko’z yoshing orttirar zamin sho’rini,
Murda topavermas ba’zan go’rini,
Yo’qchilik yiqitar yigit zo’rini.

Murda topavermas ba’zan go’rini,
Yo’qchilik yiqitar yigit zo’rini.

Bolangni ko’ziga qarolmaysan goh,
Og’ayning koriga yarolmaysan goh,
O’zingga yuz chidab so’rolmaysan goh,
Yo’qchilik yiqitar yigit zo’rini.

O’zingga yuz chidab so’rolmaysan goh,
Yo’qchilik yiqitar yigit zo’rini.

Man-man degan yigitlar sinadi
Hayot zo’ridan,
Man-man degan yigitlar sinadi
Hayot zo’ridan.

Tashvishlar o’raydi to’rt tomoningdan,
Suyak chiqib qolar yeyar noningdan,
O’zingniki nogoh o’tar joningdan,
Yo’qchilik yiqitar yigit zo’rini.

O’zingniki nogoh o’tar joningdan,
Yo’qchilik yiqitar yigit zo’rini.

Atalaga ham goh botmaydi tishing,
Topilmay qoladi bir yo’qlar kishing,
Nomardu pastlarga tushadi ishing,
Yo’qchilik yiqitar yigit zo’rini.

Nomardu pastlarga tushadi ishing,
Yo’qchilik yiqitar yigit zo’rini.

Man-man degan yigitlar sinadi
Hayot zo’ridan,
Man-man degan yigitlar sinadi
Hayot zo’ridan.

Xudo o’zi bilar kim qachon ketar,
Lekin dunyo kami diling xun etar.
Husningdan ayirar, kuning tun etar,
Yo’qchilik yiqitar yigit zo’rini.

Orzu bog’i darddan beradi hosil,
O’ylayverib oxir bo’lasanku sil,
Osilsang ham yigit sal pastroq osil,
Yo’qchilik yiqitar yigit zo’rini.

Osilsang ham Ruslan sal pastroq osil,
Yo’qchilik yiqitar yigit zo’rini.

Man-man degan yigitlar sinadi
Hayot zo’ridan,
Man-man degan yigitlar sinadi
Hayot zo’ridan.

Hayot zo’ridan, hayot zo’ridan,
Hayot zo’ridan…

Ruslan Sharipov Yo’qchilik yiqitar qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu Ruslan Sharipov Yo’qchilik yiqitar qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!