Samandar Hamroqulov Bevafo yorim qo’shiq matni

Qo’shiq matni Samandar Hamroqulov Bevafo yorim

Husniga oshufta dil,
Ko’ngil uchun holing na deb so’rsa qani.
Shakkari, ol lablari,
Shu lablarimga ittifoq bo’lsa qani.

Jon misol kelsa agar,
Cho’lu biyobonim bo’lur Bog’i Eram.
Kel desam, yor nozlanib,
Jilmayibon yo’q degani alam.

Bevafo yorim, bedavo yorim,
Bo’lsaydi yolg’iz o’zi peshonamda borim. (x2)

Sog’inib borsam agar,
Jonim kuyar qaro ko’ziga.
Bo’ylarim yetmadimi yor,
Atirgulcha bo’ylariga?

Axtarib borgum o’shal,
Janon uchun savdoyiman ishqda mudom.
Sadqa jon shu yorginam,
Choy uzatib, aylasa bir xirom.

Bevafo yorim, bedavo yorim,
Bo’lsaydi yolg’iz o’zi peshonamda borim. (x2)

Qadrimni bilmas shu oromijon,
Berahm yor dili toshmi chunon?
Netkayman tutmasam qo’llaridan,
Ketolmay firoqman yo’llaridan.

Axtarib borgum o’shal,
Janon uchun savdoyiman ishqda mudom.

Bevafo yorim, bedavo yorim,
Bo’lsaydi yolg’iz o’zi peshonamda borim. (x2)

 Samandar Hamroqulov Bevafo yorim qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu Samandar Hamroqulov Bevafo yorim qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!