Sardor Mamadaliyev Do’st topmadim qo’shiq matni

Qo’shiq matni Sardor Mamadaliyev Do’st topmadim

Bu dunyoda sodiq bir do’st topolmadim,
Bu dunyoning nayrangiga chidolmadim.
Kimga yoqdim, kimning ko’nglin ololmadim,
Otamdayin, otamdayin do’st topmadim, birodarlar,
Onamdayin bir mehribon topolmadim, birodarlar.

Mol-dunyoning oshnolari ko’p,
Bir yigit umrining shaydolari ko’p.
Yosh boshimning buncha g’avg’olari ko’p,
Otamdayin, otamdayin do’st topmadim, birodarlar,
Onamdayin bir mehribon topolmadim, birodarlar.

Nainki dunyoda o’ksib yashayman,
Fisqu-fasodlardan bezib yashayman.
Lek otam duosin olib yashayman,
Otamdayin do’st topmadim, birodarlar,
Onamdayin do’st topmadim, birodarlar.

Valene’matimning erka og’liman,
Yaratgan Egamga sodiq g’ulomman.
Bir kuni el ichra qadr toparman,
Lek otamday do’st topmadim, birodarlar,
Onamdayin do’st topmadim, birodarlar.

Hey, otamdayin do’st topmadim, birodarlar.

 Sardor Mamadaliyev Do’st topmadim qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu Sardor Mamadaliyev Do’st topmadim qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!