Sardor Rahimxon Boylandim qo’shiq matni

Qo’shiq matni Sardor Rahimxon Boylandim

[Sardor Rahimxon]
Aylandim, aylandim,
Oshxonani aylandim,
Ovqatni yeb qo’yibsan,
Tur, yo’qol shakar-qandim.

[Halima Ibragimova]
Yemadim, yemadim,
Ovqatingni yemadim,
Bor-yo’gi o’nta shashlik,
Yeganday ham bo’lmadim.

[Sardor Rahimxon]
Мужской odekolon sepgan,
Qarg’ashda hammadan o’tgan,
Обедgacha uxlab yotgan
Shu ayiqqa uylandim.

[Halima Ibragimova]
Chaynalma, gapir shartta,
Chaqir, ishonganing qatda?
Bir oyog’im sandan katta,
Men nozikka uylanding.

[Sardor Rahimxon]
Uylandim, uylandim,
Internetdan uylandim,
Rasmdagi janonni
Ko’rib ko’ngil qo’ygandim.

[Halima Ibragimova]
Kiydirdim, kiydirdim,
Men Sardorni kiydirdim,
Chimildiqqa kirganda
Hafsalasin pir qildim.

[Sardor Rahimxon]
Oyoqlari lashka-lashka,
Boshim uray qaysi toshga?
Размерimiz boshqa-boshqa
Безразмерga uylandim.

[Halima Ibragimova]
Yulduz bo’lsang ham yur pastda,
Yigitlar ko’p dasta-dasta,
Turib qolmagin запасda,
Men go’zalga uylanding.

[Sardor Rahimxon]
Boshlandi, boshlandi,
Do’mboq menga tashlandi,
Nima qilishim bilolmay
Yana boshim qashlandi.

[Halima Ibragimova]
Mensimadi mani bu,
Zor bo’ladi hali bu,
Ozishimni kutsa gar,
Olib beraman Malibu.

[Sardor Rahimxon]
Sanda, xayolim sanda,
Sani ko’ngling ham manda,
Bo’ldi baxtli yashaylik,
Endi kamroq yeysanda.

[Halima Ibragimova]
Manda, xayoling manda,
Mani ko’nglim ham sanda,
Birga baxtli yashaymiz,
Endi kamroq yeymanda.

Sardor Rahimxon Boylandim qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu Sardor Rahimxon Boylandim qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!