Sardor Rahimxon Hargiz qo’shiq matni

Qo’shiq matni Sardor Rahimxon Hargiz

Shu kun borgum, kut dediyu,
Kelmadi bevafo hargiz. (x2)
Va’da berib ming bora, lek
Qilmadi bir vafo hargiz. (x2)

O’zi avval shaydo etib,
So’ngra o’tga tashlab ketib,
Ming dardga giriftor etib,
Bilmaydi holimni hargiz.
Ming dardga giriftor etib,
Bilmaydi holimni hargiz.

Hargiz, hargiz,
Kelmaydi bevafo hargiz.
Hargiz, hargiz,
Kelmadi bevafo hargiz.

Yurur doim shodu xurram,
Afsonadur man ne desam, (x2)
Sevgimga vafo tilasam,
Tugamadi jafo hargiz. (x2)

Hargiz, hargiz,
Tugamadi jafo hargiz.
Hargiz, hargiz,
Kelmadi bevafo hargiz.

Ishonaman sevadi deb,
Sevgim qadrin biladi deb, (x2)
O’zi izlab keladi deb,
Umid uzmam aslo hargiz. (x2)

Hargiz, hargiz,
Umid uzmam aslo hargiz.
Hargiz, hargiz,
Umid uzmam aslo hargiz.

Shahzoda lol jamolidan,
Gul rashk etib kamolidan, (x2)
Berib xabar visolidan,
Esmadi bir sabo hargiz. (x2)

Hargiz, hargiz,
Esmadi bir sabo hargiz.
Hargiz, hargiz,
Kelmadi bevafo hargiz.

Hargiz, hargiz,
Bilmaydi holimni hargiz.
Hargiz, hargiz,
Kelmadi bevafo hargiz.

Sardor Rahimxon Hargiz qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu Sardor Rahimxon Hargiz qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!