Sardor Rahimxon Ishonmasman qo’shiq matni

Qo’shiq matni Sardor Rahimxon Ishonmasman

Yana bir sen kabi janon
Borligiga ishonmasman,
So’zingdek so’zlari dono
Borligiga ishonmasman. (x2)

Sochingdan tarqalur anbar
Desam kamlik qilur, dilbar, (x2)
Bo’yingdek bo’ylari zebo
Borligiga ishonmasman. (x2)

Jim qolar to’zg’igan shamol
Agar sen tabassum qilsang, (x2)
Seningdek bulbuli go’yo
Borligiga ishonmasman. (x2)

Seningdek bulbuli go’yo
Borligiga ishonmasman.

Adoying ko’p, fidoying ko’p,
Shaydoying ko’pdir dunyoda,
Senga mendek biror shaydo
Borligiga ishonmasman. (x2)

Yana bir sen kabi janon
Borligiga ishonmasman.
Borligiga ishonmasman-ey,
Borligiga ishonmasman.

Sardor Rahimxon Ishonmasman qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu Sardor Rahimxon Ishonmasman qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!