Sardor Rahimxon Tanhoginam qo’shiq matni

Qo’shiq matni Sardor Rahimxon Tanhoginam

Kulib qo’ysang nogoh nurga to’lar olam,
Hayotimga hamroh, sen bitta yagonam.
Buncha chiroylisan, lolu xayronaman,
Ko’p qaramang deysan boqsam pinhona man.

Tanhoginam tanho – yolg’izim yorimsan,
Ziynatim bebaho ham betakrorimsan.
Tanhoginam tanho – senla baxtim ayon,
Sening kulgularing sog’inaman har on.

Kulib qo’ysang nogoh dardlarim tark etar,
Yuragimdagi dog’, qayg’ularim ketar.
Bu yuragim titrar yoningdan men o’tsam,
Qaniydi vaslingni bag’rida men cho’ksam.

Tanhoginam tanho – yolg’izim yorimsan,
Ziynatim bebaho ham betakrorimsan.
Tanhoginam tanho – senla baxtim ayon,
Sening kulgularing sog’inaman har on.

Toma-toma gul bo’lib ko’zlaringdan tomchilar,
Dona-dona nur bo’lib yuzlaringdan sochilar…

Tanhoginam tanho – yolg’izim yorimsan,
Ziynatim bebaho ham betakrorimsan.

Sardor Rahimxon Tanhoginam qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu Sardor Rahimxon Tanhoginam qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!