Sarvar va Komil Bedoringman qo’shiq matni

Qo’shiq matni Sarvar va Komil Bedoringman

Tunu kun bo’ldim man behol,
Visoling dardida bemor.
Kun beqaror, tunim bedor,
Vaslingga zor.

Uchratgandan seni xayolimda takrorsan,
Asir aylab yuragimda shirin ozorsan.
Shirin ozorimsan, qalbimda borimsan,
Yuragimdasan.

Sensiz aslo hayotimda mazmun ko’rinmas,
Hayotimda yana quvonch sira sezilmas.
Dono so’zlaringdan, qaro ko’zlaringdan
Meni ayirma.

Hasratlar ortidan betinim qaytar sog’inchlar,
Yuragimda o’chirib bo’lmas sevgim to’la olovlar.
Sensiz yo’q ammo, yo’q ammo, yo’q ammo
Shirin xayollar.

Bedoringman, bedoringman,
Tunlari tinmay, tinmay yor.
Shirin sevgingga aylayabsan
Yoki ataylab intizor.

Bedoringman, bedoringman,
Yolg’iz seni qo’msar yurak.
Nega yana xayollarim
Yolg’iz seni izlar yana?

Qo’lim cho’zsam yuragingga aslo yetolmas,
Shirin kulishlaring xayollarimdan ketmas.
Sensiz hayotim ham, sensizlikka hech ham
Yurak ko’nolmas.

Xayol ichra qolgan afsuningman, bemorman,
Hasrat ila yongan yolg’iz tunlar bedoringman.
Qaro ko’zingga xumorman,
Vaslingga zorman.

Bedor etma yor,
Sen bedor etma zor,
Tunlari tinmay, tinmay yor.
Shirin sevgingga aylayabsanmi
Yoki ataylab intizor?

Bedoringman, bedoringman,
Tunlari tinmay, tinmay yor.
Shirin sevgingga aylayabsan
Yoki ataylab intizor.

Bedoringman, bedoringman,
Yolg’iz seni qo’msar yurak.
Nega yana xayollarim
Yolg’iz seni izlar yana?

Bedor etma yor,
Sen bedor etma zor,
Tunlari tinmay, tinmay yor.

Sarvar va Komil Bedoringman qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu Sarvar va Komil Bedoringman qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!