Sarvar va Komil Nega qo’shiq matni

Qo’shiq matni Sarvar va Komil Nega

Ko’zlarim to’ymasdi senga,
Hayolim tinmasdan menga
Nigohing eslatar nega,
Aytgin go’zalim?

Sevgilimsan mening yorim,
Yashirin shirin ozorim,
Sensiz yasholmayman nega?

Hayotim bulutli osmon,
Umidlar qilingan yakson,
Nega sevgim bo’ldi xazon,
Aytgin go’zalim?

Tinmasdan sevgi izxori,
O’zim ham bilmayman nega,
Yuragim ko’nmaydi menga.

Nega qiynaysan meni jonim?
Yonmasdan kuyib bo’ldim,
Qaytmaysan intizorim, nega?
Nega ko’zlaring sevmas,
So’zlaringda men emas?
Nega mening sevishim
Faqat unga kerakmas?

Tinmasdan oqar ko’z yoshim,
Sensizlikka afsus ko’ndim,
Javobsiz sevgi asiri
Yolg’iz o’zim bo’ldim.

Nega ko’zlaring sevmaydi,
Nega yuraging sezmaydi?
Oxiri yo’q bu savollar.

Atrofimda kezar jimlik,
Go’yo vaqt to’xtab qolgandek,
Sensiz iborat bu dunyo
Go’yo menga dushmandek.

Nega orzu mendan yiroq,
Dardlar menga yaqinroq?
Ayovsiz sog’inchlar nega, a?

Nega qiynaysan meni jonim?
Yonmasdan kuyib bo’ldim,
Qaytmaysan intizorim, nega?
Nega ko’zlaring sevmas,
So’zlaringda men emas?
Nega mening sevishim
Faqat unga kerakmas? (x2)

Sarvar va Komil Nega qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu Sarvar va Komil Nega qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!