Sarvar va Komil Sensiz qo’shiq matni

Qo’shiq matni Sarvar va Komil Sensiz

Bugun men yana keldim,
Senga uzoqdan termulib turibman.
Yoningga borgim kelyapti,
Yana o’sha baxtli damlarimizga qaytgim kelyapti.
Afsus, bunga endi men haqsizman,
Chunki endi biz begonamiz.

Shoshilib-shoshilib yurak sening tomon
G’ururimni sindirdi butkul.
Sog’inib-sog’inib sen ham meni bir bor
Yana yonimga qaytsang bir kun.

Qaniydi qora ko’zlaringga yana takror
To’yib-to’yib qarolsam tinmay.
Qaniydi unutib mendan kechgan kuning
Yana yoningga qaytsam bir kun.
Qaniydi unutib mendan kechgan kuning
Yana yoningga qaytsam bir kun.

Qorong’u yulduz, dunyo tor sensiz,
Yashash osonmas, ishon, osonmas.
Qanday, ayt, endi yasharman yolg’iz?
Yuragim ko’nmas, yurak ishonmas.

Ojizman, seni unutish qo’limdan kelmadi.
Ko’p urindim, negadir hamma urinishlarim
Seni sog’inaverish bilan yakunlanaverardi.
Bilasanmi, hozir qanchalar xohlayapman
Seni qaytarishni?
Sen esa, balki, meni unutib bo’lgandirsan,
Axir ayrilganimizga yillar bo’ldi.
Shu onda senga bir gapni aytgim keladi:
Sensizlik osonmas ekan.

Ko’milib-ko’milib yurar dardga yana,
Qayg’ulardan ovunar tinmay.
Umidlarim so’ngan, sevgidan afsun bo’lib,
Yashayapman armonga ko’nmay.

Bilmadim bu yuraksiz taqdir
Seni mendan nega uzoqlarga olib ketar?
Yaqinda his etgan baxtli kunlar o’rniga
Xotiralarni solib ketar?

Qorong’u yulduz, dunyo tor sensiz,
Yashash osonmas, ishon, osonmas.
Qanday, ayt, endi yasharman yolg’iz?
Yuragim ko’nmas, yurak ishonmas. (x2)

Sarvar va Komil Sensiz qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu Sarvar va Komil Sensiz qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!